SkillNest Docs/Platforma Asoslari/Ko'p So'raladigan Savollar (FAQ)

Savol-javob

Ta'lim pullikmi?#

Asosiy funksiyalar — kurslar, testlar, sertifikatlar — bepul. Alohida pullik imtihonlar narxi so'mda, sahifasida ko'rsatiladi.

Bitta Telegram hisobiga nechta profil ochsa bo'ladi?#

Bitta. Har bir Telegram yoki Google hisobiga bitta profil biriktiriladi. Ikkinchi profil kerak bo'lsa, boshqa hisobdan ro'yxatdan o'ting.

Sertifikatni qanday tekshirish mumkin?#

Sertifikatlar sahifasiga sertifikat raqamini kiriting (namuna: SN-2026-XXXXX). Tizim egasi, kurs yoki test nomi, ball va sanani ko'rsatadi. Raqam topilmasa — sertifikat soxta yoki o'chirilgan.

Testda o'tolmadim — XP beriladimi?#

Oddiy testlarda XP faqat birinchi muvaffaqiyatli urinish uchun beriladi. Imtihonlarda o'tolmagan taqdirda ham to'plagan balingizning yarmi XP bo'lib beriladi — har urinishda.

Urinishlar tugab qoldi, nima qilaman?#

Testda urinishlar limiti (maxAttempts) bo'lsa, tugagach qayta topshirib bo'lmaydi. Yangi urinish uchun test muallifi yoki support botga murojaat qiling.

Kursim katalogda ko'rinmayapti (o'qituvchilar uchun)#

Tekshirish ro'yxati:

  1. Kurs nashr etilganmi (qoralama holatda katalogga chiqmaydi)?
  2. Kategoriya tanlanganmi?
  3. Darslar modullar ichidami (bo'sh modul muammo tug'diradi)?
  4. Test nashr etilganmi (testlar uchun)?

Barchasi joyida bo'lsa — support botga kurs havolasi bilan yozing.

Hisobim buzilgan bo'lsa nima qilaman?#

  1. Darhol parolni almashtiring (Profil → Xavfsizlik);
  2. Notanish qurilmalarni sessiyalardan yoping;
  3. Support botga nima bo'lganini yozing — operator tekshiradi.

Hisobni o'chirish mumkinmi?#

Support bot orqali murojaat qoldiring — operator so'rovingizni ko'rib chiqadi.

Telefon orqali to'liq ishlasa bo'ladimi?#

Ha. Sayt telefon ekraniga moslashgan, barcha asosiy funksiyalar ishlaydi. Telegram orqali kirish telefonda eng qulay usul.

SkillNest Docs • 2026