O'quvchiga
Bu bo'lim o'rganish jarayonining to'liq siklini tasvirlaydi: kurs tanlashdan sertifikatgacha.
1. Kurs tanlash#
Barcha kurslar sahifasida:
- Qidiruv — nom va tavsif bo'yicha jonli qidiruv;
- Filtrlar — kategoriya, daraja (
BEGINNER,INTERMEDIATE,ADVANCED), narx (bepul/pullik); - Saralash — yangilari, mashhurlari (yozilishlar soni), reytingi bo'yicha.
Kurs kartasida: muqova, daraja belgisi, narx, reyting, darslar soni va o'quvchilar soni ko'rinadi.
2. Kurs sahifasi#
Har bir kurs sahifasi quyidagilardan iborat:
- Tavsif — kurs haqida to'liq ma'lumot;
- Dastur — modullar va darslar ro'yxati, har bir darsning davomiyligi bilan;
- O'qituvchi — muallif profili havolasi;
- Sharhlar — boshqa o'quvchilar baholari (1–5) va izohlari;
- Narx bloki — bepul yoki to'lov summasi.
Yozilish tugmasi kursni shaxsiy kabinetingizga qo'shadi. Pullik kurslarda to'lov sahifasi ochiladi.
3. Darslar va progress#
Dars turlari:
- Video dars — YouTube pleer orqali;
- Matnli material — tushuntirish, misollar, qo'shimcha havolalar;
- Amaliy dars — brauzerda ishlaydigan kod muharriri bilan (Python, JavaScript, C++, Java va boshqa asosiy dasturlash tillari);
- Bepul prevyu — yozilmasdan ko'riladigan tanishtiruv darsi.
Darsni tugatish (tugmani bosish) progressni saqlaydi va 15 XP beradi. Progress foizi kurs sahifasida va kabinetda ko'rinadi. Savol tug'ilsa — dars ostidagi izohlarga yozing, o'qituvchi va boshqa o'quvchilar javob beradi.
Barcha darslar 100% bo'lganda: qo'shimcha 150 XP va kursda sertifikat yoqilgan bo'lsa — sertifikat.
4. Testlar#
Test kartasida oldindan ko'rinadi: savollar soni, vaqt chegarasi (0 — cheksiz), o'tish bali (odatda 70%), urinishlar limiti (0 — cheksiz).
Topshirish jarayoni:
- Boshlash — taymer yuradi (chegara bo'lsa);
- Har bir savolda bitta javob belgilanadi;
- Yakunlash — natija darhol: ball, foiz, o'tdingiz/o'tolmadingiz belgisi va har bir savolning to'g'ri javobi bilan izohi.
Adolat qoidalari:
- XP faqat birinchi muvaffaqiyatli urinish uchun;
- 100% natija uchun +25 XP, vaqtning yarmidan tez topshirsangiz +15 XP;
- Yorliq almashtirish, to'liq ekrandan chiqish kabi nazorat buzilishlari urinishni bekor qiladi (0 ball).
5. Attestatsiya imtihonlari#
Sertifikatlar bo'limidagi rasmiy imtihonlar (pedagog attestatsiyasi, milliy sertifikat, IELTS, SAT va boshqalar):
- Fan, yil va mavsum bo'yicha saralangan;
- Bo'limlarga ajratilgan (masalan: mutaxassislik fani, pedagogika, tinglash, o'qish);
- Ballar shkalasi ko'rsatilgan: 100 ball, IELTS band, milliy daraja, SAT shkalasi;
- Pullik imtihonlar narxi so'mda yozilgan.
O'tsangiz to'liq mukofot (odatda 100 XP), o'tolmasangiz to'plagan balingizning yarmi XP bo'lib beriladi. Natijada shkala bo'yicha baho (masalan, 7.5 Band) ham chiqadi.
6. Sertifikatlar#
Sertifikat berish shartlari:
- Kurs sertifikati — 100% tugatish + kursda sertifikat yoqilgan bo'lishi;
- Test sertifikati — o'tish + testda sertifikat yoqilgan bo'lishi.
Har bir sertifikatda SN-2026-XXXXX ko'rinishidagi noyob raqam bor. Haqiqiylik Sertifikatlar sahifasida raqam orqali tekshiriladi: tizim egasi, kurs/test, ball va sanani ko'rsatadi. Sertifikatni yuklab olish, chop etish va ulashish mumkin.
7. Sharhlar va reyting#
- Kursga 1–5 baho va matnli sharh (har biri 15 XP, test sharhi 10 XP);
- Dars izohlarida savol-javob zanjirlari;
- Reyting sahifasi — XP bo'yicha eng faol o'quvchilar;
- Shaxsiy o'rin va statistika — profilning Yutuqlar bo'limida.